Aniqroq aytsak bu voqea Kun.uz tarixi bilan bogʻliq. Kimdir bilar yoki kimdir bilmas ushbu OAVʼning otasi Muhrim Aʼzamxoʻjayev hisoblanadi. Muhrim aka 2012-yilda Kun.uzʼga asos solgan.
2015-yilda esa Kun.uz hozirgi egalariga sotilgan. Bu haqda rasmiy eʼlon ham berilgan saytda. Muhrim akaning yaqin doʻstlaridan biri ushbu oldi-sotdi oʻsha vaqtda 10 mln soʻm (oʻsha davr kursida 4-5 ming dollar)ga boʻlganini taʼkidlagan.
Nashrning moliyaviy hisobotlarini iHamkor orqali oʻrgansam kompaniya 2024-yilda 26 mlrd soʻm daromad qilgan va shundan sof foyda qariyb 11 mlrd soʻmni tashkil etgan. Rivojlanish bosqichi esa asosan pandemiyadan keyinga toʻgʻri kelgan.
Xulosa qilsak, biznes taxminan xarid qilingandan soʻng 4-5 yil oʻtib oʻz mevasini bergan.
Oʻz vaqtida 10 mln soʻmga sotilgan va hozirda mlrdlar ishlayotgan “startap” haqida
Surat: Kun uz.