22-apreldan boshlab bank kartalari va mobil ilovalardan foydalanishda xavfsizlik talablari kuchaytirilmoqda. Asosiy oʻzgarish shundan iboratki, endilikda bank kartasi ulanadigan telefon raqami hamda karta egasining PINFL raqami bir-biriga mos kelishi shart.
Nazariy jihatdan bu firibgarlikka qarshi yaxshi yechimdek ko‘rinadi. Lekin amaliyotda-chi? Masalan, mening holatimda, nomimga olingan raqamni oyim va ukam ishlatadi, dadam hamda qarindoshimiz nomidagi raqamlar esa menda.
Bu raqamlarni 8–12 yildan beri ishlataman. Natijada, barcha bank kartalarim, hisobraqamlarim aynan shu raqamlarga ulangan.
Yangi talab sabab kamida 4 ta raqamni almashtirishimga to‘g‘ri kelyapti. Agar yangi raqam olib kartalar va hisob raqamlardagi raqamni yangilayman desam, u ham bir dard. Humo kartalarida faqat bankga borib telefon raqamni yangilash mumkin.
Qizigʻi Markaziy bank bu yechimni firibgarlikka qarshi degan ammo, Humans keysidan kelib chiqsak sms-xabarnoma umuman telefon raqam ishonchsiz xavfsizlik tanlovidek koʻrinadi menga.
Ishqilib bilmadim, hozir kech boʻlganda shuni oʻylab qoldim. Mayli-da tongda nimadir yechim toparmiz bunga.