Ushbu loyiha doirasida AI startapingizni prototip bosqichidan investitsiya jalb qilishga tayyor darajagacha olib chiqishingiz mumkin. Eng qiziq tomoni esa istiqbolli startaplar moliyalashtiriladi.
Dastur yakunida saralangan 15 ta jamoaga “IT Park Ventures” tomonidan KPI asosidagi transhlar ko‘rinishida investitsiyalar ajratiladi. Bunda 1-oʻrin uchun $100 ming, 2-oʻrin uchun $60 ming, 3-oʻrin uchun esa $40 ming miqdorida investitsiya ajratilishi rejalashtirilgan.
Agar siz davlat boshqaruvi, sogʻliqni saqlash, taʼlim, sanoat yoki yashil iqtisodiyotdagi real muammolarni hal qilayotgan AI startap ustida ishlayotgan boʻlsangiz, quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻting va loyihangizni keyingi bosqichga olib chiqing.
Ishqilib, olgʻa, hurmatli millionerlar. Bu yaxshi imkoniyat.