Anchadan buyon soliq keshbeklarining turli mexanizmlar orqali noqonuniy olingani va natijada budjetdan katta mablag‘lar talon-toroj qilingani haqidagi xabarlar oldimdan tez-tez chiqyapti.

Bu xabarlar ortidan esa keshbek tizimi o‘rniga lotereya mexanizmini joriy etish taklifi ham paydo bo‘ldi. Lekin, rostini aytsam, bu talon-toroj sxemasi qanday ishlaganini umuman tushunmadim.

Chunki, soliq keshbeki avtomatik tarzda hisoblanadigan tizim-ku. Agar jarayon avtomatik bo‘lsa, talon-toroj mexanizmi qanday ishlagan? Deylik, mavjud bo‘lmagan tovar uchun 1 foizlik keshbek qanday hisoblangan? Shu joylari negadir menga gʻalati tuyulyapti.

Ishqilib, studioga Zakovat sandiqchasini olib chiqish kerak.

@hisperspective