China Shashlik (hozirgi Kebabika) va Toshkentda bir nechta nuqtaga ega Mahmood Kebab restoranlari asoschisi Nodir Mahmudov Saudiya Arabistonining Madina shahrida o‘zbek taomlari yemakxonasini ochibdi. Qiziq jihati, biznesning yuridik maqomi ham to‘liq o‘ziga tegishli ekan.

Nodir akaning aytishicha, Madinada, Haram hududidan uncha uzoq bo‘lmagan joyda arab investorlarini jalb qilmasdan ovqatlanish maskani ochish oson kechmagan. Tushunishingiz uchun, O‘zbekistonda 20 daqiqada bitadigan firma ochish jarayonining o‘zi u yerda qariyb 6 oy vaqt olgan.

Hozir Mahmood Kebab’ning Saudiya Arabistonidagi filiali to‘liq ishga tushibdi. Asoschining aytishicha, keyingi manzil Dubay. U yerda Supa Dubai loyihasini ishga tushirish arafasida ekan. Nodir akani biznesdagi faoliyatini ancha vaqtdan beri kuzatib keladigan odam sifatida aytamanki, Supa Dubai loyihasi ham xuddi Mahmood Kebabdek omadli bo‘ladi.

Ishqilib, bunday natijalarni ko‘rib xursand bo‘ladi odam, o‘zbek brendlari dunyoni egallashi shart.

@hisperspective