Joriy yilning sentyabr oyida Apple’ni 14 yil davomida boshqargan Tim Kuk o‘z lavozimidan ketdi. Aniqrog‘i, iste’foga chiqdi.
Tim kompaniyani qabul qilib olgan paytda Apple’ning qiymati qariyb $350 mlrd edi. Uning boshqaruvi davrida esa u $4,6 trlnlik texnologiya gigantiga aylandi. Shu jihatdan qaraganda, Kuk telbanavor darajada kuchli sotuvchi va boshqaruvchi edi.
To‘g‘ri, uning davrida Apple Jobs zamonidagidek yirik texnologik inqiloblar qilgani yo‘q. Lekin Kuk boshqa ishni qoyillatdi. Apple’ni shunchaki texnologik kompaniya emas, bozor qoidalariga ta’sir qila oladigan ulkan biznes mashinasiga aylantirdi.
Shunchaki Steve Jobs qoldirib ketgan texnologik poydevor ustida bir necha yil davomida mahsulotlarni qayta-qayta sotib, kompaniyani karrasiga kattalashtirishning o‘zi alohida mahorat talab etadi. Tim Kukga zamonamizning eng yaxshi quloqchinlari airpods uchun rahmat deb qolamiz va pensiyaga kuzatamiz.
Ishqilib, Steve “Jobs”ni qildi, Tim esa “Cooked”. Endi ularning ishini John Ternus maromiga yetkazadi, degan umiddaman.