Qiziq gap shuki, Amazon yaqinda o'z apparat mahsulotlari narxini 60 foizga oshirdi. Sababi esa, xotira chiplarining yetishmasligida ekan.
Bu nafaqat Amazon uchun, balki butun texnologiya bozorida katta muammo. Xotira zaxiralari kamaygani uchun ishlab chiqaruvchilar ham xarajatlarni oshirishga majbur bo'lmoqda. Amazon esa bozor sharoitiga qarab, bu xarajatni iste'molchilarga ko'chirdi.
Nazarimda, bu holat O'zbekistondagi texnologic mahsulotlarning narxiga ham ta'sir qilishi mumkin. Agar hali bunday bo'lmasa, yaqin vaqt ichida ko'tarilishi ehtimoli yuqori. Savolim, sizningcha, bunday narx oshishi mahsulotlarga bo'lgan talabga qanday ta'sir qiladi?