Qiziq gap shuki, DeepMindda ishlagan uch olim endi Quant sohasida katta pul orttirish bilan shug'ullanmoqda. Pragada joylashgan EquiLibre Technologies kompaniyasi aynan shular tomonidan tashkil etildi.
Bu lab AI bilan shug'ullanib, poker o'yinida yutuq qozonganidan so'ng, endi moliyaviy bozorlar uchun sun'iy intellektni rivojlantirmoqda. Kompaniya qiymati hozirda 500 million dollardan oshib ketgan.
Menimcha, bunday kelishuvlar AI sohasida nafaqat eksperiment uchun, balki haqiqiy dunyo muammolarini hal qilish uchun katta imkoniyatlar ochyapti. Sizningcha, sun'iy intellekt moliya dunyosida qanchalik o'zgartirishlar olib kelishi mumkin?