Oxirgi paytlarda ochiq kodli paketlar bilan bog'liq jiddiy muammo paydo bo'ldi. Mini Shai-Hulud deb nomlangan keng ko'lamli hujumlar seriyasi doirasida bir nechta mashhur ochiq kodli loyihalar buzildi.
Bu esa dasturchilar va ularni ishlatadigan kompaniyalarga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Ayni paytda ko'pchilik ochiq manbali kodlarga ishonch bildiradi, lekin bunday xujumlar ishonchni qaysidir darajada so'ndiradi.
Menimcha, ushbu hodisa O'zbekistondagi IT kompaniyalari va mustaqil dasturchilarga ham dars bo'lishi kerak. Siz ham foydalanayotgan paketlarni doimiy kuzatib borish zarur.
Siz nima deb o'ylaysiz? Ochiq kodli loyihalarga sinchkovlik bilan yondashish qanchalik muhim?