E'tibor bergan bo'lsangiz, so'nggi yillarda sun'iy intellekt yordamida ta'lim texnologiyalarida katta o'zgarishlar yuz beryapti.

Yaqinda Synthesia kompaniyasi yangi sun'iy intellekt asosidagi «AI Roleplay Sessions» platformasini ishga tushirdi. Bu platforma video formatidan chiqib, real vaqt rejimida xodimlarga ish joyidagi suhbatlarni mashq qilish imkonini beradi.

Qiziq tomoni, platforma sun'iy intellekt avatorlari yordamida interaktiv tarzda muloqot qiladi, va har bir suhbatdan so'ng xodimlarga fikr-mulohaza, ballar hamda tahlillar beradi. Bu esa nafaqat o'qishni osonlashtiradi, balki kompaniyalar uchun trening samaradorligini aniqlashda yordam beradi.

Nazarimda, bunday yondashuv O'zbekistonda ham ish muhitini yaxshilashda katta o'rin tutishi mumkin. Masalan, yangi ishga kirgan xodim uchun kompaniya siyosatiga moslashish ko'pincha og'riqli jarayon. Sun'iy intellekt bilan mashq qilish esa ularni bu jarayonda qo'llab-quvvatlashi mumkin bo'ladi.

Menimcha, bu texnologiyaning keng tarqalishi bilan O'zbekistonda ham korxonalarda xodimlarni o'qitish sifatida sezilarli yangiliklar paydo bo'ladi. Siz nima deb o'ylaysiz, bunday interaktiv treninglar haqiqatdan ham kirib kelayaptimi?