Bilasizlarmi, Yevropa Ittifoqi AQShdagi kabi o'z mikrochip sanoatini rivojlantirishga harakat qilyapti — asosan davlat subsidiya orqali.

Shu yo'lda ko'plab startaplarga yo'l ochilmoqda. Masalan, nemis startapi QuantumDiamonds an'anaviy usullardan farqli, chiplarni tekshirishda yangi yondashuv ishlab chiqdi. Bu yondashuv chip ishlab chiqarishni tezlashtirishga yordam beradi, deb o'ylayman.

Toshkentda ham shunday texnologiyalar tezda keng tarqashi kerak, chunki elektronika bozori o'sib bormoqda. Sizningcha, O'zbekistonda sun'iy intellekt yordamida chip tekshirish texnologiyalari rivojlanadimi?