Qozog‘istonda juda qiziq reklama kampaniyasi chiqibdi. Gap shundaki, inDrive taksi agregatori marketologlari Qarag‘anda shahrida yashovchi tarix o‘qituvchisi Qozog‘iston Uteulinni topib, undan “qaysi shaharlararo taksi xizmatiga ishonasiz?” deb so‘rashgan.
U esa inDrive deb javob bergan. Shundan so‘ng ular reklama kommunikatsiyasini “inDrive — Qozog‘iston ishonadigan shaharlararo taksi xizmati” degan g‘oya atrofida qurishgan.
Natijada oddiy, lekin tagida mantiq bor esda qoladigan va ishonch uyg‘otadigan kuchli reklama paydo bo‘lgan. Maʼlumotlarga koʻra, Qozog‘istonda 28 nafar inson “Qozog‘iston” ismi bilan nomlangan.
Qiziq keys, masalan Oʻzbekistonda ham qaysidir xizmat oʻzini shunaqa reklama qilsa boʻlar ekan.