Zamon rivojlanmoqda, mehnat bozorida insonning raqobatchisi inson emas balki texnologiya boʻlib qolmoqda. Xoʻsh bunaqa vaziyatda texnologiyani “yengish” uchun nima qilsa boʻladi? Xuddi shu savol meni qiynab yurgan edi, biroz re-search qilsam Linkedindagi doʻstlarimiz bunga 2024-yilda javob topib qoʻyishgan ekan.
Linkedin oʻtkazgan soʻrovnomada Amerikadagi rahbarlarning 92% qismi soft skillslar har qanday texnologik yechimdan koʻra muhimroq ekanligini aytibdi, hamda eng muhim 6 ta koʻnikmani sanashibdi. Bu asosiy 6 koʻnikmaga, muloqot, tanqidiy fikrlash, ijodkorlik, emotsional intellekt, moslashuvchanlik va albatta qaror qabul qilish kirishi aytilmoqda.
Yaʼni sizga berilgan vazifa doirasida muloqotga kirishishdan qochmaydigan, emotsional intellekti yuqori, turli vaziyatlarga moslashadigan, ijodkorona qaror qabul qila oladigan va oʻziga, qilayotgan ishiga nisbatan tanqidiy fikrlashni biladigan mutaxassis boʻlsangiz, hech qanday sunʼiy intellekt mehnat bozorida oʻrningizni olib qoʻya olmaydi ekan.