Ushbu to‘lov tashkilotining 10 yillik foydalanuvchisi sifatida menga ayni hozirgi redizayn talqini juda yoqdi. Bozordagi og‘aynilaridan farqli ravishda yangicha dizayn konsepti va foydalanuvchi tajribasini taklif qilayotgani Paymening rostdan ham bozorda ledakollardan biri ekanligini ko‘rsatadi.
To‘g‘risi, Paymening ilgarigi dizayni juda qulay edi. Barcha kerakli amallarni asosiy oynada ko‘rib turardingiz hamda kerakli amaliyotni bajarish juda kam vaqt talab qilardi. Ammo eski dizayn bugungi kun uchun biroz eskichadek ko‘rinardi. Yangi dizaynda menga yoqqan jihat yagona barmoq tamoyili asosida swipe bilan ishlash.
Ya’ni smartfon ekrani bo‘ylab xuddi reels ko‘rgandek swipe qilasiz va kerakli amaliyotni bajarasiz. Qolaversa, Payme odatiy to‘lov ilovalari standartlarini biroz buzdi. Foydalanuvchilarga hamisha bir xil narsani emas, yangi tajriba taklif qilishni uddaladi. Shu jihati uchun alohida respect.
Ishqilib, yangilangan dizayn sizga yoqdimi? Foydalanib ko‘rdingizmi? Fikrlaringiz bilan bo‘lishing.