O‘zbekiston onlayn bozoriga 2017-yil oxiri 2018-yil boshlarida yangi oʻyinchi Zoodmall kirib keldi. U Shveytsariyaning “OrientSwiss” kompaniyasiga tegishli loyiha edi.
Zoodmallning biznes modeli oddiy, Xitoydan mahsulotlarni 15-20 kunda yetkazib berish boʻlib, marketpleys oʻsha vaqtda Aliexpressdan farqlangan holda oʻzbek xaridoriga Uzcard/Humo orqali toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyatini taqdim etdi.
Qolaversa, Zoodmall oʻzbek BNPL (buy now, pay later) bozori asoschilaridan biri ham hisoblanadi. Chunki oʻsha vaqtda kompaniya odamlarga Xitoydan keladigan arzon telefon yoki kiyimlarni bo‘lib to‘lashga olish imkoniyatini yaratgan.
2022-yilda bozorga Uzum Market juda agressiv kirib keldi. Uzum 1 kunda yetkazib berish modelini taklif etdi va shu bilan Zoodmall bozorda oʻz pozitsiyasini yoʻqotib bordi. Natijada kompaniya marketpleysni toʻxtatib toʻlaqonli BNPL xizmatlarini koʻrsatishni boshladi.
Aytish kerakki, Zoodmall loyihasi Livan, Pokiston bozorlariga ham kirgan boʻlib u yerda ham asosan Zood brendi ostida BNPL xizmatini taklif etgan. Kompaniyaning hozirgi faoliyati haqida maʼlumot olish uchun rasmiy saytiga kirish imkoniyati boʻlmadi (serveri oʻchib qolibdi).
Ishqilib, oʻz vaqtida bozorni oʻzgartirishga uringan ledakolning taqdiri shunaqaroq. Hozir Ishlari yaxshimikan, tirikmikan oʻzi? shu savolga javob topa olmadim.