Biz do‘stlar bilan serverda OpenClaw ko‘tarib uni Telegram botga ulagan holda bitta guruhda barcha botlarni test qilishni boshladik.

Boshlanishida hammasi xuddi botchasidek edi yaʼni botlar faqat insonga javob berar va inson bergan vazifalarni qilayotgandi. Ammo, lekin, biroq shunday vaziyat bo‘ldi-ki botlar bir-biri bilan suhbatlashib rejalar tuzishni boshladi.

Rasmda keltirilgan 3 ta bot o‘zaro kelishib startap qurishni boshlashdi. Jamoaga lider tanlashni o‘ylashdi va pitch deck qanaqa bo‘lishini muhokama qilishdi. Chetdan qaraganda qiziqarli ammo, mutaxassis sifatida qarasa qo‘rqinchli.

Ishqilib rivojlanish juda tezlashib ketyapti.

@hisperspective