Shu savol so‘nggi kunlarda meni qiynadi. Keyin o‘zim qilgan loyihalar va ulardagi stabillikni audit qildim. Mundoq qarasam, o‘zim qilgan ikkita loyihaga oxirgi 4 oyda umuman tegmaganman, ammo ular stabil ishlagan holda sekin rivojlanib boryapti ekan.
Birinchi loyiha @reelsshortsrobot. Esingizda bo‘lsa, bu botni ilk bor sizlarga “qildim, foydalaninglar” deb ulashgandim. Shundan beri botni deyarli unutvordim. Hozir qarasam, undan 479 ta foydalanuvchi faol foydalanmoqda. Oylik video yuklab olishlar soni esa 1800 tadan oshgan. Hech qanday reklama yoki texnik supportlarsiz botchamiz yashab, rivojlanib turibdi.
Ikkinchi loyiha esa 224.uz sayti. Uni Telegram kanalning alternativ arxivi sifatida vayblab ishga tushirgandim. Shundan beri faqat yangiliklar joylab bordim va Technews bo‘limini qo‘shdim, xolos. Na SEO’siga, na kodlar optimizatsiyasiga qo‘l tekkizdim. Hozir qarasam, saytga haftasiga 1500–2000 nafar odam kiryapti. Evrika!
Ishqilib, vayb kodlang, serverga joylang va unuting. Oʻz-oʻzidan rivojlanadi qoidasi yaxshi ishlayapti.