Oʻzbekistondagi fintechlar raqamli bozorni tubdan oʻzgartirgani kabi, xodim yollash va xodimlarni boshqarish jarayonlariga ham yangi yondashuv olib kirdi. Shunday o‘zgarishlardan birini Alif juda chiroyli yechim bilan amaliyotga tatbiq etgan.
Alifda xodimlarning ishga kelib-ketishini nazorat qiladigan tizim faqat attendance bilan cheklanmaydi. Unda xodimning kompaniya bilan qancha vaqtdan beri birga ekani, hafta davomida necha soat ofisdan ishlagani kabi ko‘rsatkichlar ham tizim orqali ko‘rinadi.
Ya’ni bu yerda maqsad “keldi-ketdi”ni shunchaki hisoblash emas, balki xodimga, “siz biz bilan falon muddatdan beri birgasiz” degan qiymatni doimiy eslatib turish hisoblanadi.
Bu kichik info ortidan xodimlarda kompaniyaga daxldorlik hissi kuchayadi, o‘zini kerakli va qadrlanayotganini his qilib turadi. Natijada javlon urib ishlaydi.