Trend sifatida “Dubay shokoladi” 2023-yil oxiri 2024-yil boshida ommalashdi. Bunga asosiy turtki TikTok’dagi reaksiya videosi va uning 140 milliondan ortiq ko‘rilgani bo‘ldi.

Biroq, mahsulotning yana-da talabgir bo‘lib ketishida eng muhim omillardan biri uning cheklangan geografiyada sotilgani va nomi aynan shu hudud bilan bog‘langani edi.

Ya’ni shokolad asosan Dubayda sotilar, Dubay esa ijtimoiy tarmoqlarda hashamat, premium hayot va “zodagonlar o‘lkasi” kabi obrazlar bilan assotsiatsiya qilinadi. Qo‘shimchasiga “faqat shu yerda bor” degan eksklyuzivlik hissi esa talabni keskin oshirdi.

Bu xuddi “kotta bola” bo‘lish ilinjida qora jentra oladigan ayrim qatlamdagi odamlarda kuzatiladigan effektga o‘xshaydi. Ya’ni insonlar ko‘pincha ko‘proq pul to‘lash orqali status va e’tirof sotib olayotgandek his qiladi. Shu psixologiya fonida esa “premium” tasavvurini to‘g‘ri qurgan brendlar uchun monetizatsiya qilish ancha osonlashadi.

“Dubay shokoladi” esa aynan shu ishni qila oldi.

@hisperspective