Bu haqda TBC Uzbekistan matbuot xizmati xabar bermoqda. Xabarga ko‘ra, bank ushbu joylashtirish orqali 4,14 mln dollar (49,6 mlrd so‘m) miqdorida mablag‘ jalb qilgan.

Jarayonni Toshkentda faoliyat yurituvchi ALKES investitsiya kompaniyasi muvofiqlashtirgan va emissiya muvaffaqiyatli yakunlangan.

Soddaroq aytganda, TBC Bank oʻzbek bozoridan 49,6 mlrd so‘m qarz oldi, uni o‘z faoliyatida ishlatadi. Shartnoma shartlariga muvofiq, keyinchalik investor(lar)ga foiz to‘lab boradi hamda muddat yakunida asosiy summani qaytaradi.

@hisperspective