Xullas, 2025-yil iyun oyida Meta “Scale AI”ning 49 foiz ulushi uchun $14,3 mlrd investitsiya kiritdi. Bitimning asosiy sharti kompaniya asoschisi Aleksandr Vangning Metaʼga o‘tib, “Superintelligence Labs” bo‘limiga rahbarlik qilishi edi. Bitim amalga oshdi va Vang Meta safiga qo‘shildi.

Kontekst uchun aytadigan bo‘lsak, “Scale AI” “OpenAI” va “Google” kabi kompaniyalarga sun’iy intellekt modellarini o‘qitish uchun ma’lumotlar yetkazib beruvchi muhim infratuzilma kompaniyasi hisoblanardi. Shu sabab Vangning transferi texnologiya olamidagi eng shov-shuvli kelishuvlardan biri sifatida baholandi.

Ammo oradan qariyb bir yil o‘tib, Vangning faoliyati va bu transfer uchun sarflangan ulkan mablag‘ yuzasidan savollar paydo bo‘la boshladi. Xususan, Meta taqdim etgan “Muse Image” modeli kutilgan natijani bermadi. Qizig‘i, buni Mark Zuckerberg ham, Aleksandr Vangning o‘zi ham tan oldi.

Bu voqealar fonida texnologiya sohasi vakillari va Meta’ning ayrim xodimlari Vangni jalb qilish kompaniyaning eng katta xatolaridan biri bo‘lganini aytmoqda.

Ishqilib, sun’iy intellekt poygasida juda qiziq voqealar bo‘lyapti.

@hisperspective