Qisqa qilib aytganda, bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda Aviasales’ga o‘xshash kontent marketing modelidan foydalana olgan kompaniya yoki brend tez mashhurlik va kuchli loyallikka erisha oladi.

Xo‘sh, bunga qanday erishish mumkin? Birinchi navbatda, o‘zbekona ichki senzura bilan xayrlashish kerak. Bizda ko‘plab kompaniya va brend rahbarlari o‘zidan yoki mahsulotidan “ideal obraz” yasab oladi. Natijada esa kreativ yo‘nalish hamda tarmoqning real kuchidan foydalanish uchun mutaxassislarga yetarli erkinlik berilmaydi.

Oʻzi erkinlik bersa nima boʻladi? Xuddi Uzum.Market va Uzum.Tezkordek loyal, fanat, aktiv auditoriyaga kirib borish imkoniyati karrasiga ortadi. Masalan, Uzum.Tezkor instagram sahifasidagi har bir post izohidagi aktivlikni deyarli biror boshqa brendda koʻrmaysiz. Hatto Aviasalesning oʻzbek sahifasida ham.

Chunki, Uzum.Tezkor har bir trendni oʻziga moslaydi. U xoh beda pres boʻlsin, xoh boshqasi albatta Uzum.Tezkor talqini mavjud boʻladi. Buning ortidan esa auditoriya diqqati doimo ushbu sahifada qoladi. Sahifada boʻlgan odamlarni esa yoʻnaltirish, xaridga chorlash oson.

Ishqilib, kontent marketingni biznes yoki startapingizda ishlating. Imkon qadar amaldagi qonunchilikni buzmagan shaklda erkin kontent qiling va natijaga erishing.

@hisperspective