Sizlarga dasturlash, aytini oʻqinglar, qizlaringizni dasturchi qilinglar der ekanman-u, ammo nimadan boshlash kerak? Qanday oʻrganish mumkinligi haqida biror nima demabman.

Xullas, aytini oʻrganishni boshlashdan avval Mohirdev’dagi doʻstlarimizning “Ilk qadam” nomli kursini oʻqib chiqishni tavsiya qilaman. Kursda dasturlashda mavjud boʻlgan eng aktual kasblar haqida maʼlumot berilgan. Kursning yaxshi tomoni shundaki, hammasini sinab koʻrasiz va oʻzingizga mos kasbni tanlaysiz.

Shundan soʻng, boshlangʻich bilimlarni olish uchun ustoz, oʻquv markaz kerak boʻladi. Men oʻzim shaxsan taniydigan yaxshi va kuchli backend dasturchi muhandislar asosan PDP Akademiyasidan chiqishgan.

Frontend va dizayn boʻyicha esa Najot Taʼlimning yaxshi mutaxassis bitiruvchilari bisyor. Sizga kerak kasbga koʻra ikkala markazdan birini tanlashingiz mumkin. Kasbni oʻrgangandan keyin nima qilish haqida esa kelgusi postlarda yozaman.

Ishqilib, oʻqing, oʻrganing.

@hisperspective