Kutganimdek ko‘pchilik startap erkinlik yoki soqqa qilish uchun quriladi deb o‘ylar ekan. Keling, haqiqatga tik boqamiz.

Startap ortidan erkinlik kelmaydi. Qaytanga siz avvalgidan ham ko‘proq ishlaysiz, asabiylashasiz va vaqtingizning asosiy qismini shu startap rivojlanishi uchun ishlatasiz. Ishqilib erkinlik va startap bir-biriga teskari proporsional.

Soqqa qilish sababi esa shunchaki orzu. Startap qurayotgan odam emas balki talantga pul tikkan odamlar, investor, venchur va boshqalar soqqa qiladi. Startap qurayotgan shaxs esa shunchaki sueta atrofida “pul qilyapman” deb o‘ylaydi aslida esa u boshqalar pul qilishi uchun yelib-yugurib ishlayotgan bo‘ladi.

Sizga aytsam startap qurish bu shunchaki ichki olov yaʼni shaxs egosiga kerakli ozuqani berish demakdir. Yana-da aniqroq aytganda qolganlar bilan o‘zni taqqoslash natijasida mening ulardan kam joyim yo‘q-ku shu muammoni yecha olaman shiori ostida quriladi. Qolgan sabablar esa shunchaki ikkilamchi bahona aslida.

Xullas, welcome to reality doʻstlar. Maqsad va kutilmalarni aniq qoʻygan holda harakat qiling.

@hisperspective