May oyi boshida Click ushbu tashabbus bilan chiqibdi. Unga ko‘ra, agar firibgarlar Click tizimi orqali kartangizdagi mablag‘ni o‘zlashtirsa, kompaniya pulni arizangizga koʻra qaytarib beradi.

Bunda firibgarlik aynan Click SuperApp yoki Click’ga tegishli ekvayring orqali sodir etilgan bo‘lsa, foydalanuvchi support xizmatiga murojaat qilib, vaziyat bo‘yicha dalillarni taqdim etadi. Holat o‘rganilib, firibgarlik tasdiqlansa, mablag‘ qoplab beriladi.

Bozorda ilgari xuddi shu imkoniyatni payme taqdim etgandi. Faqat unda shartlar kartangizdan 5 mln soʻmgacha pul yechilsa va siz payme plus obunasini faollashtirgan boʻlishingiz lozim edi. Clickda esa barcha foydalanuvchilar uchun cheklovlarsiz himoya taklif etilyapti.

Biz humanlar ishona oladigan, masʼuliyatdan qoʻrqmaydigan toʻlov tashkilotlari koʻpaysin.

@hisperspective