Mundoq qarasam, “Meta” yoki shunga o‘xshash yirik texnologik kompaniyalarga qanday ishga kirish haqida maqolalar, qo‘llanmalar va videolar bisyor ekan. Ammo ushbu texnologik kompaniyalarda xodimlarni qanday ishdan bo‘shatishlari haqida deyarli hech qanday ma’lumot yo‘q. Bugun shu jarayonni “Meta” misolida ko‘rib chiqamiz.

Agar “Meta” xodimni bo‘shatishga qaror qilsa, unga “afsuski, sizning lavozimingiz reorganizatsiya doirasida tugatilmoqda” mazmunidagi elektron xat yuboriladi va xodim 60 daqiqa ichida “non-working notice period”ga o‘tkaziladi. Bu jarayonda xodimning kompaniya tizimlariga tegishli barcha kirish huquqlari bekor qilinadi.

Keyin, “Meta” bo‘shatilgan xodimlarga kompensatsiyalar ham taklif qiladi. Ular qatoriga 16 haftalik maosh, har bir ishlagan yil uchun qo‘shimcha 2 haftalik maosh hamda xodim va uning oilasi uchun 1,5 yil davomida tibbiy sug‘urta beriladi.

Yana bir qiziq jihati shundaki, “Meta” kompaniyadan bo‘shatilgan xodim uchun 3 oy davomida konsalting kompaniyasini yollaydi. Ushbu kompaniya xodimga rezyumesini yangilash, suhbatlarga tayyorlanish va yangi ish topish jarayonlarida yordam beradi.

Xullas, bir soʻz bilan barchasi inson qadri uchun.

@hisperspective