Bu haqda Yandex Go mutaxassisi Nikita Osherov oʻz linkedin sahifasida eʼlon qildi.
“Bu biz uchun katta qadam. Oʻzbekiston yirik va strategik jihatdan muhim bozor bo‘lib, ushbu kengayish butun MDH mintaqasidagi mavjudligimizni yanada mustahkamlaydi”, deydi Nikita.
Hozirgacha ushbu segmentda RizoGo va 1313 kabi agregatorlar faoliyat yuritib kelayotgan edi. Yandex’ning kirib kelishi raqobatni sezilarli darajada oshirishi mumkin.