Siz-u biz bilgan Tilmoch, Savodxon kabi loyihalar qatorida bepulligi sabab biroz unutilib qolgan yana bir loyiha bor bu Matn.uz. Menimcha, loyiha oʻzbek tilidagi ilk matn tahrirchi dasturlardan biri desak, mubolagʻa boʻlmaydi.
Matn.uz’ning oddiy dizayni, matn yozish, tahrirlash va tartiblash uchun qulay interfeysi menga juda yoqadi. Toʻgʻri, loyihada soʻzlar bazasi bilan bogʻliq ayrim kamchiliklar bor, anchadan beri sezilarli yangilanish yoki oʻzgarish ham qilinmagan. Shunga qaramay, loyiha hanuz tirik, mavjud va “oʻlib qolmagani”ning oʻzi tahsinga loyiq.
Loyiha men uchun kunlik rutinamda eng koʻp kiriladigan, doim foydalanadigan va “ishqilib bir kun oʻchirib qoʻyishmasin-da” deb oʻylatadigan sanoqli saytlardan biri hisoblanadi.
Asoschilari donat qilish imkoniyatini qoʻshishsa, mamnuniyat bilan qoʻllab-quvvatlardim.