Bu haqda Telegram’ning rasmiy manbalari xabar bermoqda. Xabarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab foydalanuvchilar uzilishlarga duch kelgan, ya’ni t.me qisqa havolalari odatiy brauzerlarda ochilmay qolgan.

Telegram’ga ko‘ra, bunga t.me domenining .me domen registratori tomonidan DNS zonasidan olib tashlangani sabab bo‘lgan. Qizig‘i, .me domen zonasini boshqaruvchi Chernogoriyaning “doMEn d.o.o.” kompaniyasi hozircha bu holat yuzasidan rasmiy izoh bermagan.

Ishqilib, tashqi havolalarda t.me qisqa domenini ishlatgan boʻlsangiz uni telegram.me domeniga oʻzgartiring.

@hisperspective