Bir soʻz bilan Qozogʻiston unikorn kompaniyasi oʻzining rivojlanish bosqichida yangi pallaga kirdi. So‘nggi haftalarda kompaniya X, Threads va Reddit kabi platformalarda keskin tanqidlarga duch keldi.
Foydalanuvchilar kompaniyaning marketing strategiyasi va obuna modeli bilan bog‘liq ayrim keyslardan norozi. Eng ko‘p muhokama qilingan muammolardan biri “cheksiz obuna” sotib olgan foydalanuvchilarda kontent generatsiyasi tezligining sezilarli darajada pasaytirilgani bo‘lgan.
Kompaniya asoschilaridan biri Yerzat Dulatning ta’kidlashicha, salbiy munozaralar Higgsfield Kling 3.0 video generatsiya modeliga vaqtinchalik eksklyuziv kirish huquqini qo‘lga kiritganidan so‘ng raqobatchilar tomonidan uyushtirilgan axborot urushi hisoblanadi.
Alex Mashrabov esa tezkor masshtablash kompaniya qadriyatlari bilan ichki operatsion jarayonlar o‘rtasida muayyan tafovutlar yuzaga keltirganini tan olgan. Qolaversa, Mashrabov twitterda Higgsfield sahifasi bloklangani va uni tiklash jarayoni ketayotganini taʼkidlagan.
Ishqilib, biznesda ijtimoiy tarmoqlar kuchidan foydalanish texnikasini bilish muhimligiga yana bir misol bu.