CTR Chickenga 1996-yilda turklar tomonidan Angliyada asos solingan. 2010-yildan boshlab kompaniya o‘z faoliyatini to‘liq Turkiyaga ko‘chirgan. Bugungi kunda brend 45 dan ortiq mamlakatda 150 dan ziyod filial bilan faoliyat yuritmoqda.

2024-yildan boshlab O‘zbekiston ham ushbu davlatlar qatoriga qo‘shildi. Hozirda CTR Chicken Toshkent va Buxoro shaharlarida jami 8 ta filialga ega. Taqqoslash uchun, 2018-yildan buyon bozorda mavjud bo‘lgan KFCning O‘zbekistondagi filiallari soni taxminan 33 tani tashkil etadi.

CTR Chicken deyarli 1 yildan kamroq vaqt ichida 8 ta fillialga ega bo‘lishi raqobatchisi KFCga yetib olish uchun agressiv kengayish strategiyasini olib borayotganining yaqqol isboti hisoblanadi, *menimcha.

Iste’molchi sifatida aytishim mumkinki, CTR Chickenning qulay interyeri va taomlari shaxsan menga KFCdan ko‘ra yoqimliroq tuyuladi. KFCda rosmana amerikancha muhit bo'lsa CTR Chickenda turkcha mehmondo'stlik ufurib turadi.

@hisperspective