Soʻnggi 4 kunlikda tushunarsiz gripp bilan kurashib shu savol miyamda aylanib yurdi. Ochiq maʼlumotlarga koʻra, 2018-2025 yillar oraligʻida, bozor hajmi taxminan $0,88 mlrddan $2,14 mlrdga koʻtarilgan. 2026-yilga kelib umumiy bozor hajmi $2,5 mlrdga yaqinlashgani qayd etilgan.
Bozorning bu taqlid oʻsganiga asosiy sabablar oʻtgan yillarda odamlar koʻproq kasal boʻlgan va aholi soni stabil oshgan. Soʻnggi 5 yilda Oʻzbekiston dori bozori Markaziy Osiyoda eng yirik farmatsevtika bozoriga aylangan. Ishlab chiqarish hajmi esa soʻnggi 9 yil ichida 3,5 marta oʻsgan.
Qiziq jihati esa shunday katta bozorda kiyim yoki ovqat bozoridek texnologik yechimlar deyarli yoʻq. Masalan, hozir bozorda mavjud dori yetkazib berish xizmatlarining barchasidan foydalanib koʻrdim. Bitta pharmaclick.uz sifatli ishladi. Qolganlarida natija juda abgor.
Ishqilib oʻlkamizda ochilmagan oltin konlari misoli bozorlar ham bisyor. Faqat ularni topish va yechim berish kerak. Kasal boʻlmang.