Postsovet davlatlarining rivojlanish jarayonlarini qiziqib kuzataman. Chunki ularda kechayotgan ayrim o‘zgarishlar, ayniqsa raqamli iqtisodiyot va texnologiyalar sohasidagi trendlar ma’lum vaqt o‘tib bizda ham kuzatiladi. Shu jihatdan men uchun qiziq davlatlardan biri Ukraina.
24-avgust kuni Ukraina mustaqilligining 35 yilligini nishonladi. Shu bahonada oldimdan mamlakatdan yetishib chiqqan unikornlar haqidagi qiziq statistika chiqib qoldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, shu kungacha Ukraina bilan bog‘liq 10 ta kompaniya unikorn darajasiga yetgan. Ular orasida $13 mlrd dollarga baholangan Grammarly va $7 mlrdlik GitLab kabi global texnologik kompaniyalar bor.
Menimcha, 35 yil ichida 10 ta global texnologik kompaniya chiqarish yomon natija emas. Kamiga, shu davr ichida davlat boshdan kechirgan siyosiy, iqtisodiy inqirozlar va ahmoqona urushni hisobga olsak. Umuman zoʻr natija.
Ishqilib, bosinglar Oʻzbekistondan ham kamida shuncha unikorn chiqadi.