Ha, taxmin qilganingizdek Kremniy vodiysining paydo boʻlish tarixi haqida ozgina mushohada qilamiz. Vodiyning aynan texnologik inqiloblar makoniga aylanishiga sabablardan biri Stanford universiteti va bitta oddiy professor hisoblanadi.

Universitet 1950-yillardan boshlab ilmiy ishlanmalarni biznes bilan bogʻlashni boshlagan. Aniqroq aytganda, universitet professori Frederik Terman oʻz talabalarini Sharqiy qirgʻoq (Nyu-York va Boston)ga ketmasdan, universitet atrofida kompaniya ochishga undagan, qoʻllab-quvvatlagan.

Vodiyga kremniy deb nom berishga sabab 1956-yilda paydo boʻladi. Aynan shu yilda tranzistorning ixtirochilaridan biri boʻlgan olim William Shockley vodiyda oʻzining yarimoʻtkazgichlar laboratoriyasini ochadi. U kompyuter qismlarini tayyorlashda germaniy oʻrniga arzonroq boʻlgan kremniy ishlatishni taklif qiladi.

Natijada 1971-yilga kelib bu hududda kremniy chiplarini ishlab chiqaruvchi oʻnlab kompaniyalar paydo boʻladi. Keyin shu yil jurnalist Don Hoefler mintaqadagi kompaniyalar haqida maqola yozadi. Maqolani esa “Silicon Valley, USA” sarlavhasi bilan eʼlon qiladi. Shu bilan vodiy oʻzining mashhur nomiga ega boʻladi.

Postdan mantiq shundaki. Universitet va professorlar formani talab qilish emas, balki, talabaning iqtidorini kashf qilish haqida qaygʻursa butun jamiyat va millatga foyda.

@hisperspective