Xullas, Humans voqeasidan keyin “o‘zing uchun o‘zing qayg‘ur” tamoyiliga amal qilib, shaxsiy maʼlumotlarimga kirishga qanday cheklov qo‘yish mumkinligini izlay boshladim.
Izlanishlarim natijasida One ID tizimida shaxsiy maʼlumotlaringizni qaysi tizimlar qayta ishlashi mumkinligiga o‘zingiz ruxsat berib, qolganlarini esa cheklash imkoniyati borligini aniqladim.
Shaxsga doir maʼlumotlar deganda pinfl raqamingizdan yashash manzilingizgacha boʻlgan siz haqingizdagi muhim maʼlumotlar tushuniladi. Ulardan foydalanish imkoniyati esa maʼlum talablar asosida xususiy sektorga beriladi. Xususiy sektorga oʻtganidan soʻng esa nimalar boʻladi bilib boʻlmaydi.
Shu sababli, One ID tizimidagi bloklash funksiyasi orqali siz xizmatidan foydalanmaydigan tashkilot va xizmatlarga siz haqingizdagi maʼlumotlarga kirish, ko‘rish yoki ularni qayta ishlash huquqini bemalol bloklashingiz mumkin.
Masalan, men oʻzim ishonadigan hamda foydalanadigan Payme, TBC, AloqaBank va Uzum xizmatlariga ruxsat berdim, qolgan barcha tizimlarni esa oddiygina blokladim. Bloklash uchun elektron imzo yoki mobil id kerak boʻladi. Foydalaning.