2022-yilning 24-may sanasida Humans UPay toʻlov tizimini sotib oladi va oʻzining ekosistemasi tarkibiga qoʻshadi. Hamma balo shundan boshlanadi.
Markaziy bank 2024-yil oktabr oyida UPay to‘lov xizmati faoliyatini olti oyga chekladi. Insayderlarga koʻra, oʻshanda cheklovlarning asosiy sababi totalizatorlarga pul toʻldirish uchun UPay toʻlov tizimi apilaridan foydalanilganida boʻlgan.
Humans ilgari barcha toʻlov tizimlaridan balansga pul qabul qilar edi. UPay sotib olinishi ortidan esa ekosistemaga tashqaridan pul kirishi cheklanadi. UPay faoliyati toʻxtatilishi esa toʻgʻridan-toʻgʻri Humans aloqa operatori foydalanuvchilari oʻz hisoblarini toʻldirishda muammoga duch kelishiga olib keldi.
Qolaversa, kompaniya Humans visa kartalaridagi pullarni aynan UPay apilaridan foydalangan holda xalqaro oʻtkazma shaklida olib chiqgani ham Octobank tomonidan aytilmoqda va bankga koʻra ayni damda Humans visa kartalaridagi pullar shunchaki sonlar emish.
Gapni qisqa qilsa, 2 mlndan ortiq foydalanuvchiga ega aloqa operatori hozirgi vaqtda tahminan $60 mln qarz yukiga ega va buni toʻlay olmaydi.
Xulosa qilsak, Humans aloqa operatoriga tegishli raqamingizni mnp.uz orqali boshqa aloqa operatoriga olib oʻting. Humans appga ulangan kartalaringiz sms-xabarnomasini bir marotaba oʻchirib yoqing, shunaqa qilsangiz appda kartalar avtomatik yechilishi kerak.
Moddiy aktivlaringiz va asablaringizni sizniki boʻlmagan muammodan himoya qiling.