Tarixda olamshumul ixtirolar qilgan insonlar koʻp, ammo ularning muvaffaqiyat siri nimada degan savolga hali aniq javob yoʻq. Menimcha, sir ikki narsada mahorat yoki tajriba.
“Mahoratli inson” degan sifatni siz ham eshitgansiz. Bu biror qoʻl urgan ishi gullab ketadigan va buning uchun million marotabalik urinishlar shart boʻlmagan odamlar hisoblanadi. Ularga berilgan maʼlum sohadagi talant sabab oʻzgalardan kuchliroq boʻlishadi. Oʻsha sohada biror narsani oʻtirvolib oʻrganmasada oʻrgangan odamlardanda yaxshiroq qila oladi.
Tajriba esa bir faoliyat turi bilan uzoq muddat shugʻullanib, uning barcha past-balandliklarini boshdan oʻtkazgan holda xato qilmaslikka harakat qilish hisoblanadi. Yaʼni 10-15 yil davomida oʻz sohasida barcha qilmaslik kerak boʻlgan ishlarni biladigan odam bu tajribali odam desak boʻladi.
Ikalasini solishtirish uchun, Tomas Edison minglab tajribalari ortidan choʻgʻlanma lampani ixtiro qilgan boʻlsa, Nikola Tesla shunchaki mahorati sabab gʻayrioddiy kashfiyotlar qilgan.
Ishqilib, siz mahoratli insonmisiz yoki tajribali? Oʻzingiz uchun endi ajratib oling.