Bu borada tegishli qonun qabul qilingani aytilmoqda. Biroq, hozircha qonunning o‘zini to‘liq o‘qib chiqish imkoni bo‘lmadi. Chunki eʼlon qilinmagan.

Shunga qaramay, yangiliklardagi umumiy mazmundan kelib chiqib aytganda, odamlarning rasmi, ovozi yoki videosini sun’iy intellekt yordamida qayta ishlab, keyin uni ijtimoiy tarmoqlarga joylash va tarqatish masalasiga qat’iy cheklovlar kiritilayotganga o‘xshaydi.

Masalan, Instagram’da mashhur bo‘lgan “prezident do‘konimizga keldi” kabi prikol trendlar, ya’ni real shaxsni Ai orqali oʻzgartirib kontent qilish endi qonunan mumkin emas.

Agar bilmasdan sunʼiy intellekt bilan biror shaxs maʼlumotlarini o‘zgartirgan holda kontent qilsangiz huquqbuzarlik qurollari (laptop, smartfon) musodara qilinib, 41,2 mln so‘mgacha jarima solinadi.

Qoyil, laptop va smartfon “qurol” deb ataladigan zamonlarga ham yetib keldik. Agar bu mantiqdan kelib chiqsak, men har kun ryukzakimda qurol koʻtarib yurgan retsidivist boʻlib qolar ekanman.

@hisperspective