Bir qarashda savol noodatiy tuyulishi mumkin. Global texnologiya dahosi va o‘zbek tadbirkori o‘rtasida qanday umumiylik bo‘lishi mumkin? Ammo chuqurroq qarasak, o‘xshashlik shaxsda emas yondashuvda.

Stive Jobs muvaffaqiyatining siri sifatli mahsulot yaratishni barcha narsadan ustun qoʻyganida. Masalan, iPhoneʼdan oldin ham sensor ekranli qurilmalar boʻlgan, biroq aynan Jobs inson qoʻliga moslashgan, toʻliq tugmasiz qulay prototipni ommalashtirdi. Uning mahsulotga boʻlgan mehri va kelajakni oldindan koʻra bilish qobiliyati bu gʻoyani hayotga tatbiq etishga imkon berdi.

Akmal Paizievda ham aynan shu xususiyatni koʻrish mumkin. Onlayn xaridlar hali ommalashmagan davrda Yarmarka.uz loyihasiga asos soldi. Texnologik imkoniyatlar cheklangan boʻlishiga qaramay, mahalliy onlayn xaritalarni yaratishga kirishdi. Mamlakatdagi yoʻl chekkasida taksi toʻxtatish odatini servis jihatidan mutlaqo yangi darajaga koʻtardi va MyTaxi xizmatini yoʻlga qoʻydi.

Xulosa qilsak, ushbu texnologik daholarni birlashtiradigan narsa mahsulotga sadoqat, kelajakni oldindan ko‘ra bilish va risk olishga tayyorlikdir.

@hisperspective