Bugun o‘rtog‘imga darryring.com orqali nikoh uzugi buyurtma qilishda yordam berdim. Jarayon juda qiziq ekan, xaridor erkak passport ma’lumotlari bilan ro‘yxatdan o‘tadi va umrida faqat bir marta ushbu saytdan nikoh uzugi xarid qila oladi.
Bu brend tarixi bilan qiziqsam, yanada hayratlanarli ekan. 2010-yilda xitoylik juftlik Tony Zhang va Vendy Lu Parijga sayohat qilishadi. Tony sevgilisiga turmush qurishni taklif qiladi, ammo Vendy rad javobini beradi. Sabab taklifda yetarlicha eksklyuzivlik va noyoblik bo‘lmagan.
Sayohatdan so‘ng ular Shenchjenda “Darry Ring” brendiga asos solishadi. Brendning asosiy qoidasi shuki, har bir erkak umrida faqat bitta “Darry Ring” olmos uzugini sotib olishi mumkin va uni faqat bitta ayolga taqdim etadi. Konsept oddiy, ammo kuchli. Natijada Darry Ring katta muvaffaqiyatga erishadi.
Brend 2021-yilda Shenchjen birjasida IPO o‘tkazib, qariyb $650 mlnga baholandi. 2018-yildan beri Parijdagi “Carrousel du Louvre” savdo markazida flagman do‘koni faoliyat yuritmoqda. Bugungacha esa 4,7 milliondan ortiq inson ushbu uzukni xarid qilgan.
Xulosa, biznesda ko‘proq qadriyat va hissiyot taklif qilgan tomon yutadi.