Oʻzbekistonda startaplar soni kun sayin ortib bormoqda. Venchur fondlari ham birin-ketin sarmoya kiritmoqda. Shu sabab, startaplar va venchur fondlari haqidagi ochiq maʼlumotlar bazasini ishlab chiqish kerak deb oʻyladim hamda bu ishni boshladim.

Hozircha maʼlumotlarni oʻzim tekshirib qoʻshib borayapman, shuning uchun saytda ayni damda 10 ta startap va 10 ta venchur fond haqidagi maʼlumot mavjud. Manabu yerda ular bilan tanishishingiz mumkin. Ochiq maʼlumotlarni shakllantirish yuzasidan taklif/talablar boʻlsa aloqaga chiqish joiz.

Toʻliq maʼlumotlar bazasi ushbu hafta oxirigacha shakllanadi.

@hisperspective