Bu hali banklardagi omonat foiz stavkalari sezilarli pasaygan bir paytdagi natija. Qolaversa, TBC Bank orqali amalga oshirilgan to‘lovlar hajmi 54% ga o‘sib, $3,2 mlrdga yetgan. Bu esa bozorning 20% dan ortiq ulushiga teng ekan.
Qiziq jihati, Salom debet kartalari soni 129% ga oshib, 1,2 mln donaga, Osmon kredit kartalari esa 200% ga o‘sib, 212 ming donaga yetibdi. O‘sish sur’atlariga qaraganda, TBC Bank asosiy raqobatchilaridan biri bo‘lgan Uzum bilan raqobatda ancha tez harakat qilmoqda.
Bundan tashqari, bankning kredit portfeli $872 mln, oylik faol foydalanuvchilari soni esa 5,8 mlnni tashkil etibdi. Olti yillik faoliyat uchun TBC Bankning bu natijalari, nazarimda, aqlga sig‘mas darajada zo‘r.
Ishqilib, gruzinlar yaxshi ishlashyapti.