Bu haqda startapning LinkedIn sahifasida xabar berishibdi. Xabarga ko‘ra, ular qurilmada ishlovchi va o‘zbek tilida muloqot qiladigan NavAI Assist’ni yaratishgan. Foydalanuvchi “Hey NavAI” deb murojaat qilsa, assistent o‘zbek tilida javob berarkan.
Endi esa shu tizim asosida ishlaydigan aqlli kalonkani ishlab chiqish uchun mutaxassis izlashyapti. Agar siz shunday mutaxassis bo‘lsangiz, quyidagi havola orqali ariza topshirishingiz mumkin.
Lekin menda bitta savol bor. Bozorda Alisa kabi kuchli o‘yinchi turgan bir paytda nega qaytadan velosiped ixtiro qilinmoqda? Rostini aytsam, NavAI jamoasi Yandex muhandislaridan yaxshiroq yechim qila olishi yoki ular erishgan aniqlik darajasidan o‘tishiga hozircha unchalik ishonmayman.
Shunday bo‘lsa-da, azbaroyi vatanparvarligim haqqi-hurmati bolalarga omad tilayman.