Odatda har 6 oyda bir smartfonimdagi mobil internet statistikasini tahlil qilaman va shunga qarab nimaga koʻp fokus qilayotganimni tushunib olaman.
Bu gal qariyb 600 gb trafik ishlatibman va shundan 339 gb musiqa va podkast eshitish uchun Yandex.Musicʼga sarflangan. Bunga yagona sabab vayb kodlayotganda zerikmaslik uchun nimadir eshitib turganim deb oʻyladim.
Chunki biror ish bilan band boʻlsam miyam toʻgʻri va tiniq ishlashi uchun tashqi muhitdan toʻliq uzilishim kerak bunga esa odatda podkast yoki musiqa foyda beradi. Quvonarlisi oʻtgan 6 oyda kamroq rils koʻproq ish rejimini sozlabman.
Ishqilib, kelgusi 6 oyda ham shunaqa produktiv boʻlish nasib qilsin. Siz ham nimaga qancha vaqt sarflaganingizni tahlil qilib turasizmi? Natijalar qanday?