Startapingiz unikornga aylandi. Endi siz kamida millionersiz. Boylarning esa o‘ziga xos o‘yinchoqlari bo‘ladi. Deylik sizda shu o‘yinchoq samolyot bo‘lishini xohladingiz. Nima qilasiz?
Birinchi navbatda agar o‘zim boshqaraman desangiz ATPL (Airline Transport Pilot License) ya’ni professional pilot litsenziyasi olishga harakat qilasiz. O‘zbekistonda bu litsenziya CAA Uzbekistan tomonidan beriladi. Litsenziyani olish uchun minimal 1500 soat uchish amaliyoti talab qilinadi. Agar qiyin desangiz shunchaki pilot yollaysiz.
Bundan keyin Controller.com, Trade-A-Plane kabi platformalar orqali o‘zingizga mos samolyotni izlashni boshlaysiz. Masalan men Gulfstream G650 ni izlab ko‘rdim. 2014-yilda ishlab chiqilgan model sotuvda turgan ekan. Kerakli samolyotni topib, sotib olasiz.
Keyin, taxminan $5–15 ming atrofida pul sarflab samolyotingizni Pre-purchase inspectionʼdan o‘tkizasiz. So‘ng CAA Uzbekistan da “UP-****” prefiksi bilan maxsus ro‘yxat raqami olasiz. Saqlash va texnik ko‘rik uchun yiliga kamida $1,5 million ketadi.
Ishqilib hammasi oson. Endi faqat unikorn startap qurishingiz va millioner bo‘lishingiz qoldi.