Sun’iy intellekt hayotimizga tobora chuqur kirib kelayotgan bir paytda dasturlash tillarini avvalgidek yillar davomida mukammal o‘rganish har doim ham shart emas. Lekin bu ularni umuman o‘rganmasa ham bo‘ladi, degani emas. Chunki texnik bilimsiz nimadir mahsulot ishlab chiqish qiyin.

Sababi oddiy. Sun’iy intellekt siz uchun kod yozadi, loyiha yaratadi, hatto xatolarni ham topib beradi. Ammo texnik poydevor bo‘lmasa, sunʼiy intellekt yozgan kodni tushunish, uni rivojlantirish yoki muammo yuzaga kelganda tuzatish qiyinlashadi.

Shu sabab avvalo dasturlash mantig‘ini o‘zlashtirish kerak. Buning dastlab minimal kuch talab qiladigan HTML va CSS kabi asosiy veb texnologiyalarini o‘rganing. Shundan so‘ng maqsadingizga qarab PHP, Python yoki Go kabi dasturlash tillaridan birini tanlab, uning bazaviy bilimlarini egallang.

Ana shundan keyin sun’iy intellekt yordamida mahsulot ishlab chiqish siz uchun osonlashadi, jarayonlarni tushunishni boshlaysiz. Ushbu yoʻnalishlar boʻyicha kurslar va maʼlumotlarni esa manabu yerdan topishingiz mumkin.

Ishqilib, doimo oʻqing, oʻrganing.

@hisperspective