Hozirgi vaqtda ijtimoiy tarmoqqa joylanadigan istalgan rasmni tayyorlash uchun sun’iy intellekt modeliga murojaat qilishning o‘zi kifoya bo‘lib qoldi. Ilgari bitta dizayner kamida 4–5 soat sarflab tayyorlaydigan ishlarni bugun sun’iy intellekt bir necha lahzada chiqarib bermoqda.

Tezkorlik jihatidan gap-so‘z yo‘q, ammo tasvirlarning ishlab chiqilish uslubida muammolar ham bisyor. Masalan, ilova qilgan rasmimda fast-food brendi Buqavoy (ya’ni sigirning erkagi) haqida post joylagan va unga shu tasvirni biriktirgan. Lekin rasmdagi hayvon buqadan ko‘ra cho‘chqaga ko‘proq o‘xshagan.

Katta ehtimol bilan rasm sun’iy intellekt yordamida ishlangan va model buqa bilan cho‘chqaning tasviriy farqini yetarlicha aniq ifodalay olmagan. Natijada duragayga o‘xshash mavjudot paydo bo‘lgan va buni kimdir bemalol post qilgan. Endi shu post sabab bu fast-food brendi haqida teskari fikrlar shakllanishi mumkin.

Ishqilib, ehtiyot bo‘linglar.

@hisperspective