Qoʻmita bergan maʼlumotlarga ishonadigan boʻlsak, ular ayrim tadbirkorlarning savdo amaliyotlarini kartadan-kartaga pul o‘tkazmalari orqali amalga oshirish holatlarini tahlil qilmoqda.

Xotiram pand bermasa, xodimlar 2020-yil oktabr oyidan boshlab tranzaksiyalarni tekshirish huquqiga ega edi o‘zi. Shunchaki bu ishni mana rasman boshladik deyishdi, *menimcha.

Xullas, oʻzinglar uchun bilib olinglar kartalardagi aylanma summasi jismoniy shaxslar uchun yiliga 100 mln soʻm (oyiga ~8,3 mln), tadbirkorlar uchun esa yiliga 500 mln soʻmni tashkil etadi. Shu miqdordan oshsa va bu soligʻi toʻlangan maoshingiz boʻlmasa, pulga manba koʻrsatishingiz kerak.

Bu ishni oqlayman, duo qilaman. Chunki iqtisodda soliq toʻlash muhim parametrlardan biri. Bekorga AQSHʼda eng ogʻir jazolar soliq toʻlamaganlarga berilmaydi axir.

Ishqilib, левий qilmasdan ishlaydiganlar qoʻrqmanglar. Rasmda esa kim tasvirlanganini topinglar (:

@hisperspective