Yoshing ulg‘aygan sari atrofingdagilar ham ulg‘ayadi va o‘rtoqlaring bilan o‘zaro suhbatlaring tushlikka qanday ovqat yeyishdan tortib farzand tarbiyasigacha ulanib ketadi. Shu tariqa o‘zing uchun yangi yo‘nalishlar va bilimlarni kashf etib borarkan kishi.

O‘rtog‘im farzandli bo‘ldi. U juda ko‘p vaqt ishda bo‘lgani va oila a’zolari uzoqda yashagani sabab ayolining tug‘ruqdan keyingi tiklanish jarayonlari uchun “Chilla Uyi”ga murojaat qilibdi. Bunaqa joy mavjud ekanligini bilib, qiziqdim va darrov o‘rganishga tushdim.

Xullas, ushbu yosh onalar reabilitatsiya markazi ona bo‘lgan ayollarning to‘laqonli salomatligini tiklab olishi hamda ularning farzand parvarishiga doir muammolarini dastlabki bosqichdayoq hal etishga qaratilgan, umuman olganda, nozik va kerakli loyiha. Markazda fizioterapiyadan tortib yoga mashg‘ulotlarigacha yoki ginekologdan tortib pediatrgacha hammasi mavjud ekan.

Qiziq jihati, markaz 2024-yildan beri faoliyat yuritarkan, sharoitlari ham ajoyib va shundoqqina Shahriston xiyoboni oldida joylashgan. Bir so‘z bilan, markazda oilasi, ayoli hamda farzandining salomatligini o‘ylaydigan erkak uchun kerakli barcha imkoniyatlar bor va bu zo‘r.

Ishqilib, broʼlar farzandingiz tugʻilgandan keyin pulni “roddom bazm”larga sarflamasdan, nima qilishni bilasiz endi.

@hisperspective