O‘zbek fast food bozori yetakchilaridan biri EVOS qiziq ishga qo‘l uribdi. Endi metroning Abdulla Qodiriy bekatidan chiqayotgan yo‘lovchilar EVOS mahsulotlariga onlayn buyurtma berishi hamda tayyor mahsulotni EVOSning Oloy bozori filialidan olib ketishlari mumkin ekan.

Jarayon qiziq. Metrodan chiqishingizda onlayn kassa mavjud. Borasiz, mahsulotni tanlaysiz va buyurtma berasiz. Zinadan chiqib to‘g‘riga taxminan 100 qadam tashlab EVOSning Oloy bozori filialiga borsangiz buyurtmangiz tayyor holda sizga taqdim etiladi.

Menga yoqdi, foydalanib ko‘ring.

@hisperspective